Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligining buzilishiga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan Nukus shahrida qalbaki “Qarataw” arog‘ini ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro A.U. tomonidan shartli xaridorga har blokda sig‘imi 0,5 litr bo‘lgan 12 donadan iborat jami 30 blokda 360 shishaga qadoqlangan ichimlikni 4 million 140 ming so‘mga sotayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.
Tekshiruv davomida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 154 shisha “Qarataw” arog‘i, 1849 dona “Qarataw” arog‘i etiketkalari, 623 dona aroq shishasi probkalari va qo‘lbola aroq tayyorlashda ishlatiladigan har xil aksiz markalari, yelim va boshqa uskunalar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, shu yilning o‘tgan davrida bojxona xodimlari tomonidan ana shunday 15 holat aniqlangan bo‘lib, huquqbuzarlardan 30 million 252 ming so‘mlik 821,2 litr spirt va alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi