20:18 / 10.07.2018
10 446

OTMlardagi to‘lov-kontrakt narxlari oshirildi

OTMlardagi to‘lov-kontrakt narxlari oshirildi
«OTMlardagi to‘lov-kontrakt narxlari endi eng kam oylik ish haqiga bog‘langan bo‘ladi. Bu degani endi har safar ish haqlari ko‘tarilsa, kontrakt narxi ham keyingi semestrdan oshadi degani», — deb yozmoqda huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining «Telegram»dagi kanalida.

Shuningdek, 1 sentyabrdan to‘lov-kontraktning yangi narxlari belgilandi.

Bakalavrda:
eng arzon kontrakt - 45 baravar, ya’ni 8 mln. 293 ming 500 so‘m (ilgari 6 mln 650 ming);
eng qimmat kontrakt - 60 baravar, ya’ni 11 mln 58 ming so‘m (ilgari 9 mln 850 ming).

Ta’lim yunalishlari bo‘yicha bitta talabani bir yillik o‘qitish qiymati:
(eng kam ish haqi miqdorida)

- Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta’lim
- Gumanitar fanlar
- Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar
- Sotsiologiya va psixologiya
- Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari
- Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligida menejment, qishloq xo‘jalik texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya
- Ijtimoiy ta’minot
- Sport faoliyati
- Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi
45 barobar – 8 mln 293 ming 500 so‘m (ilgari 6 mln 650 ming)

- Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti
- Jurnalistika va axborot
- Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari
- Arxitektura va qurilish
- Xizmat ko‘rsatish sohasi
- Transport
46 barobar – 8 mln 477 ming 800 so‘m (ilgari 7 million 250 ming)

- San’at
- Arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish
50 barobar - 9 mln 215 ming so‘m (7 mln 900 ming)

- Iqtisod
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment
- Sog‘liqni saqlash
55 barobar – 10 mln 136 ming 500 so‘m (ilgari 8 mln 800 ming)

- Jahon siyosati
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
- Huquq
60 barobar – 11 mln 58 ming so‘m (ilgari 9 mln 850 ming)

Magistraturada:
eng arzon kontrakt - 49 baravar, ya’ni 9 mln 30 ming 700 so‘m (ilgari 7 mln 210 ming);
eng qimmat kontrakt - 66 baravar, ya’ni 12 mln 163 ming 800 so‘m (ilgari 10 mln 830 ming).

Maxsus sirtqida:
eng arzon kontrakt - 15 baravar, ya’ni 2 mln 764 ming 500 so‘m (ilgari 2 mln 220 ming);
eng qimmat kontrakt - 27 baravar, ya’ni 4 mln 976 ming 100 so‘m (ilgari 3 mln 110 ming).

Kunduzgi sirtqida:
eng arzon kontrakt - 49 baravar, ya’ni 9 mln 30 ming 700 so‘m;
eng qimmat kontrakt - 66 baravar, ya’ni 12 mln 163 ming 800 so‘m.

Ikkinchi mutaxassislikda (17/18 o‘quv yilida kirganlar uchun):
eng arzon kontrakt - 25 baravar, ya’ni 4 mln. 607 ming 500 so‘m;
eng qimmat kontrakt - 33 baravar, ya’ni 6 mln 81 ming 900 so‘m.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » OTMlardagi to‘lov-kontrakt narxlari oshirildi