12:22 / 11.07.2018
4 550

Qo‘qonlik erkak avval ayolini, so‘ng o‘zini pichoqladi

Qo‘qonlik erkak avval ayolini, so‘ng o‘zini pichoqladi
Qo‘qon shahrida yashovchi D.A. otasi I.A.ning uyida turmush o‘rtog‘i bilan «san-man»ga bordi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

U o‘zaro janjal tufayli turmush o‘rtog‘i N.A. tanasining turli joylariga pichoq urdi. So‘ng o‘zining bo‘yniga pichoq urib, jarohat yetkazdi.

Hodisa oqibatida N.A. voqea joyida halok bo‘ldi. D.A. esa kasalxonaga yotqizildi.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonlik erkak avval ayolini, so‘ng o‘zini pichoqladi