O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ishbilarmon, Xalqaro boks federatsiyasi - AIBA prezidenti vazifasini bajarayotgan G‘ofur Rahimovni qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatidan olib tashladi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
G‘ofur Rahimov shu yilning 16 iyun kuni qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatida qayd etilgandi.
Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytining yangilangan ma’lumotiga ko‘ra, 1951 yilning 22 iyulida tavallud topgan G‘ofur-Arslonbek Ahmedovich Rahimov va uning turmush o‘rtog‘i, 1967 yil 24 iyunda tug‘ilgan Lola Rahimova qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatidan topilmadi.
Avvalroq, G‘ofur Rahimov hech qachon uyushgan jinoyatchilikka aloqador bo‘lmagani haqida bayonot bergandi.
Unga «vaqtinchalik» prefiksidan qutilish imkonini beradigan AIBA prezidenti saylovlari joriy yilning noyabr oyida Moskvada o‘tkazilishi kutilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi
Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi