16:53 / 14.07.2018
4 052

Ijaraga olgan avtomashinasini bo‘laklab sotib yuborgan shaxs qidirilmoqda

 Ижарага олган автомашинасини бўлаклаб сотиб юборган шахс қидирилмоқда
Toshkent shahrining Sergeli tumanida 12 iyul kuni IIBdan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil aprel oyida noma’lum shaxs 6-dahada joylashgan avtomashinalar bozorida fuqaro S.M.ning “Nexia” rusumli avtomashinasini 24 oy davomida har oyda 500 AQSh dollaridan jami 12 ming AQSh dollariga sotib olishini aytib, aldov yo‘li bilan olgan avtomashinani bo‘laklarga bo‘lib, sotib yuborgani va bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar Muqimiy shaharchasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan Temur Abdukarimovni ushlash choralari ko‘rilgan.

O‘z o‘rnida, fuqarolarimizdan gumonlanuvchi Temur Abdukarimovni ko‘rgan, u haqida biron ma’lumotga ega bo‘lganlar bo‘lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishlarini so‘raymiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ijaraga olgan avtomashinasini bo‘laklab sotib yuborgan shaxs qidirilmoqda