10:30 / 16.07.2018
4 594

Toshkent dengizida ikki kishini otib qochgan shaxs qidirilmoqda

Toshkent dengizida ikki kishini otib qochgan shaxs qidirilmoqda
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida 12 iyul kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi, «Toshkent dengizi» dam olish maskani ishchisi A.R. (1992 yilda tug‘ilgan) dam olish maskan hududida joylashgan avtoturargohda bezorilik qilgan.

Oqibatda yonida bo‘lgan pnevmatik to‘pponchadan shu avtoturargohda yollanib ishlayotgan M.Z. va F.I.ga o‘q otib jarohat yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan. Natijada jarohat olgan ikki nafar ishchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, A.R.ni ushlash choralari ko‘rilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent dengizida ikki kishini otib qochgan shaxs qidirilmoqda