12:20 / 17.07.2018
11 064

Yangi qaror: Ishsizlarga garov ta’minotisiz imtiyozli kreditlar ajratiladi

Yangi qaror: Ishsizlarga garov ta’minotisiz imtiyozli kreditlar ajratiladi
Prezidentning 2018 yil 14 iyundagi “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga joriy yilda 150 milliard so‘m ajratildi.

Shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga 2019 yildan boshlab byudjet parametrlarida 300 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha mablag‘lar ajratish belgilandi.

Mazkur mablag‘larning kamida 50 foizi “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va Xalq banki ATBda kredit liniyalarini ochish va keyinchalik mazkur banklar tomonidan respublika tumanlari va shaharlarida yangi ish o‘rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi kichik va mini-loyihalarni amalga oshirish uchun mikrokreditlar ajratish maqsadida yo‘naltiriladi.

Mikrokreditlar eng kam ish haqining 500 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasi, shu jumladan, tijorat bankining ajratiladigan kredit stavkasining 50 foizi miqdoridagi marja bilan taqdim etiladi.

Bunda mikrokreditlar ishsiz shaxslarga, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga, turmushida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, kam ta’minlangan oilalarning a’zolariga va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga garov ta’minotisiz eng kam ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmagan hajmda ajratilishi mumkin.

Birinchi marta mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uni olgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod etiladi.

Qishloq tumanlarida (bundan aholi soni 5 ming kishidan ko‘p bo‘lgan aholi punktlari mustasno) sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni tashkil etgan, shuningdek, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi qaror: Ishsizlarga garov ta’minotisiz imtiyozli kreditlar ajratiladi