20:16 / 17.07.2018
3 857

Rossiyada Qur’onni tahqirlab «hazil» qilmoqchi bo‘lgan videobloger qamaldi

Rossiyada Qur’onni tahqirlab «hazil» qilmoqchi bo‘lgan videobloger qamaldi
Moskva shahar Tushin tuman sudi Ilya Meddison tahallusi bilan tanilgan videobloger Ilya Davidovni Qur’on to‘g‘risidagi videosi uchun shartli ravishda 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Xabarda aytilishicha, mazkur sud 29 mayda bo‘lib o‘tgan, iyun oyi oxirida esa hukm kuchga kirgan. Biroq bu haqida 16 iyulda ma’lum qilindi.

Bloger o‘z aybini to‘liq tan olgani munosabati bilan uning ishi guvohlarsiz va dalil –isbotlar o‘rganilmagan holatda ko‘rib chiqildi.

Ilya Davidovga nisbatan jinoyat ishi 2017 yilning fevralida ochilgan edi. U 2015 yilda “Qur’on haqida hazil” deb nomlangan videoni Youtube portaliga joylashtirish orqali nafrat va nizo qo‘zg‘ashga uringanlikda ayblangan.

Bu videoda Davidov Qur’onni ko‘tarib hojatxonaga kirgani, keyin esa hojatxona qog‘ozi tugab qolganini payqagani to‘g‘risida gapirgan. Shundan so‘ng u xojatxonaga olib kirilgan Qur’onga hech narsa bo‘lmaganini ko‘rsatib, uning sahifalari orasiga kir paypog‘ini joylagan. Video oxirida esa u hazillashganini, aslida uning qo‘lida Qur’on emas, Injil bo‘lganini bildirgan.

2017 yilning aprelida Rossiya Adliya vazirligi bu videoni ekstremistik materiallar reyestriga kiritgan.

Davidov mazkur videodan so‘ng o‘ziga nisbatan tahdid qilingan bildiruvlarni ola boshlagan, shundan so‘ng u ijtimoiy tarmoqlardagi barcha akkauntlarini o‘chirib tashlagan. Tahdidlar ortidan Davidov Rossiyani vaqtincha tark etishga majbur bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada Qur’onni tahqirlab «hazil» qilmoqchi bo‘lgan videobloger qamaldi