O‘zbekistonda maktab direktorlarini saylaydigan Kuzatuv kengashlari paydo bo‘ladi. Bu haqda hukumatdagi manba «Kun.uz»ga ma’lum qilgan.
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi rejalariga ko‘ra, kengashlar faol ota-onalar va maktabning muvaffaqiyatli bitiruvchilaridan shakllantiriladi. «Kuzatuv kengashlari Xalq ta’limi vazirligi tavsiyasiga ko‘ra direktorlarni tanlash, maktabning byudjet va nobyudjet mablag‘lari, jumladan direktor jamg‘armasini nazorat qilish huquqiga ega bo‘ladi», deb aytilgan xabarda.
Yana bir muhim o‘zgarish islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida XTV boshqaruv idoralari strukturasini qayta ko‘rib chiqish bo‘ladi. Xalq ta’limi vaziri vazirlik strukturasiga umumiy miqdor doirasida o‘zgartirishlar kiritish va xalq ta’limi sohasidagi barcha masalalar bo‘yicha yechim qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi. Jumladan, vazir Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, ishchilarni rag‘batlantirish, xalq ta’limi sohasidagi xarajatlar smetasini mustaqil shakllantirish huquqiga ega bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi