23:47 / 18.07.2018
6 702

Buxorolik ayol erkak qiyofasida qo‘shnisi bilan nega uchrashib yurdi? (video)

Buxorolik ayol erkak qiyofasida qo‘shnisi bilan nega uchrashib yurdi? (video)
Avvalroq Buxoroda o‘z qiyofasini «erkak»ga o‘zgartirib, qo‘shnisining 10 million so‘mdan ortiqroq tilla taqinchoq va pullarini qo‘lga kiritgan ayol haqida xabar berilgan edi. «Yangi davr» dasturida ushbu ayol haqida lavha efirga uzatildi, deb xabar beradi Uz24.

Ma’lum bo‘lishicha, uning asl ism-sharifi — Charos Tillayeva, yoshi 29 da. Shofirkon tumani «Kalon» mahalla fuqarolar yig‘ini «Kalon» qishlog‘ida istiqomat qiladi. Muqaddam sudlangan bu ayol ilgari ham bir necha marotaba shu kabi ishlar bilan shug‘ullangan.

Mazkur videoni quyidagi HAVOLA orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Charos Tillayeva Jinoyat Kodeksining 168-moddasining (firibgarlik) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan bir yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxorolik ayol erkak qiyofasida qo‘shnisi bilan nega uchrashib yurdi? (video)