06:00 / 19.07.2018
5 582

Umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun yana bir imkoniyat yaratildi

Umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun yana bir imkoniyat yaratildi
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yuqori sinf o‘quvchilari uchun ular egallashni xohlagan kasblarning asosiy xususiyatlari va kasb standartlarini ta’riflovchi multimedia vositalari bilan jihozlangan situatsion xonalar tashkil etiladi.

Bu Prezidentimizning joriy yil 14 iyuldagi “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilandi.

Yuqori sinf o‘quvchilari uchun kasbga yo‘naltirish kurslarini o‘tkazish yuzasidan dastur ishlab chiqiladi. Shu asosda yoshlar o‘zi istagan kasbga yo‘naltirilib, mashg‘ulotlar olib boriladi.

Bu ularning kelgusida tanlaydigan kasbini aniq bilishi, shunga mos tayyorgarlik ko‘rishi va yaxshi mutaxassis bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun yana bir imkoniyat yaratildi