11:36 / 19.07.2018
4 510

Toshkentda yana bir biznes markazida yong‘in chiqdi (Video)

Toshkentda yana bir biznes markazida yong‘in chiqdi (Video)
Foto:UzNews.uz
Toshkent shahar Mirobod tumani hududida joylashgan “Sigma” nomli biznes markazining binosida yong‘in chiqqani ma’lum qilindi.

Tumandagi Nukus ko‘chasi 71-uyda joylashgan “Sigma” biznes markazida 2018 yil 19 iyul kuni soat 05:17 da yong‘in sodir bo‘layotgani xabar qilingan.

“UzNews.uz”ga ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahar IIBB YoXBning Jangovar bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 05:49 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida “Sigma” biznes markazi binosining tashqi qoplamasi 30 kv.m. maydonida hamda ushbu markazning 4-qavatida joylashgan ijarada bo‘lgan sog‘lomlashtirish markazining xonasi 25 kv.m. maydoni yongan.

Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Shu munosabat bilan, Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ekt rahbar va xodimlarini yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘ramoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yana bir biznes markazida yong‘in chiqdi (Video)