06:32 / 20.07.2018
6 415

Uydan turib STIR olish yoki uni o‘zgartirish imkoniyati yaratildi

Uydan turib STIR olish yoki uni o‘zgartirish imkoniyati yaratildi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jismoniy shaxslar uchun STIR olish yoki uning ma’lumotlarini o‘zgartirish xizmati ishga tushirildi.

Mazkur xizmat orqali soliq to‘lovchi murojati bo‘yicha identifikatsion raqamlarini aniqlab olishi, shuningdek STIR ma’lumotlarini qisqa vaqt ichida o‘zgartirishi mumkin. Murojaat yuborilganidan so‘ng STIR guvohnomasi elektron ko‘rinishda murojaatda ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga taqdim etiladi.

Xizmatdan foydalanish uchun pasport nusxasi (yashash joyi ma’lumotlari bilan) kerak bo‘ladi.

Buning uchun soliq to‘lovchi jismoniy shaxs:
  • tegishli amalni tanlaydi (hisobga qo‘yish yoki hisob ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish);
  • ariza shaklini elektron to‘ldiradi;
  • skanerlangan pasport nusxasini yuklaydi;
  • doimiy yashash manzili bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasiga elektron arizani yuboradi.

Bu jarayondan so‘ng 3 ish kuni davomida davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi bo‘yicha guvohnomani arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzilidan oladi.

Endi familiya yoki shaxsiy pasport ma’lumotlarini o‘zgartirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarolari amaldagi STIR ma’lumotlarni o‘zgartirish uchun soliq qo‘mitasi bo‘linmalariga tashrif buyurishlari talab etilmaydi. Uni my2.gov.uz orqali ko‘chaga chiqmasdan turib yoki o‘zlariga yaqin Davlat xizmatlari markaziga borib o‘zgartirishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uydan turib STIR olish yoki uni o‘zgartirish imkoniyati yaratildi