21:20 / 20.07.2018
5 027

Toshkent yer usti metrosining birinchi bosqichi kelgusi yil Navro‘zda ishga tushadi

Toshkent yer usti metrosining birinchi bosqichi kelgusi yil Navro‘zda ishga tushadi
Umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat Toshkent shahri yer usti metro qurilishi besh bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab Toshkent metropolitenining “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan qismi quriladi. 11 kilometrlik bu qismda sakkizta bekat bunyod etiladi.

Davlat rahbari bugun, 20 iyul kuni Yashnobod tumaniga tashrif buyurib, mazkur metro qurilishining borishi bilan tanishdi, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

“Jamoat transportining faqat neft yoki gazga bog‘lanib qolishi noto‘g‘ri. Yer usti metrosi arzon, qulay va xavfsiz. Eng muhimi, bu boshqa jamoat transportlaridagi yuklamani o‘ziga oladi, shahar markazidagi tirbandlikni kamaytiradi. Yo‘l haqi tushumiyam vaqtida va joyida bo‘ladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu jihatlarni hisobga olib, qurilishni tezlashtirish, ishni bir necha smenada tashkil etib, ertaroq qurib bitkazish zarurligi ta’kidlandi.

Prezident yer usti metrosining birinchi bosqichini kelgusi yil Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent yer usti metrosining birinchi bosqichi kelgusi yil Navro‘zda ishga tushadi