22:12 / 20.07.2018
5 798

Jizzax pedagogika instituti xodimi 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Jizzax pedagogika instituti xodimi 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Jizzax davlat pedagogika instituti sirtqi bo‘limida ishlaydigan T.X. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Juma shaharchasida yashovchi X.Sh.ning qizini o‘qishga kiritib qo‘yish va’dasi bilan 5 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. Bu haqda Jizzax viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib «Daryo» ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 15 iyul kuni X.Sh. qizining hujjatlarini topshirish uchun Jizzax davlat pedagogika institutiga kelganida, H.H. ismli shaxs bilan gaplashib qoladi. H.H. institutda ishlovchi tanishi T.X. yordamida X.Sh.ning qizini o‘qishga kiritib qo‘ya olishini aytadi.

17 iyul kuni X.Sh. institutda T.X. bilan uchrashadi, xizmat haqi 5 ming dollar bo‘lishini va pulni H.H. orqali olishini ma’lum qiladi.

19 iyul kuni H.H. institut oldida 5 ming dollarni olgan vaqti Jizzax viloyat IIB va prokuraturasi xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi. Ko‘p o‘tmay, tezkor tadbir davomida T.X. institut oldida H.H.dan 5 ming olayotgan vaqti qo‘lga olinadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzax pedagogika instituti xodimi 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi