18:11 / 20.07.2018
6 497

Toshkent shahrida bir yilda 638 ta ko‘p qavatli uy quriladi (foto)

Toshkent shahrida bir yilda 638 ta ko‘p qavatli uy quriladi (foto)
Uzoq yillar davomida Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylar qurilmagan. Oqibatda aholi orasida uy-joyga bo‘lgan ehtiyoj ortib ketgan.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017 yildan boshlab mamlakatimizning barcha shaharlarida turar-joyga muhtoj oilalar uchun arzon va har tomonlama qulay uy-joylar qurish boshlandi. Jumladan, Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘tgan yili 102 ta ko‘p qavatli arzon uylar qurilib, 4 ming 88 ta oila o‘z uyiga ega bo‘ldi.

Joriy yilda Toshkent shahrida 28 ming xonadonli 638 ta ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. Ularning 334 tasi arzon uy-joylar bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘pdir.

Jumladan, Sergeli tumani “Choshtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida chet ellik investorlar ishtirokida 72 ta 7 qavatli uy qurilishi boshlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur uylar loyihasi bilan tanishdi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida bir yilda 638 ta ko‘p qavatli uy quriladi (foto)