20:17 / 21.07.2018
11 669

Farangiz Rejametova halok bo‘lgan YTH haqida rasmiy ma’lumot

Фарангиз Режаметова ҳалок бўлган ЙТҲ ҳақида расмий маълумот
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan iste’dodli aktrisa Farangiz Rejametovani Abdulla Qodiriy va Mahatma Gandi chorrahasidagi piyodalar o‘tish joyida Mercedes-Benz mashinasi urib ketgan. Hodisa 20 iyul kuni soat 21:15 atrofida yuz berdi. Mashinani 23 yoshli U.E. boshqarayotgan bo‘lgan, u jabrlanuvchini kasalxonaga olib ketgan, biroq Farangiz yo‘lda vafot etgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga tayanib Kun nashri xabar berdi.

Voqeaga guvoh bo‘lganlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tmoqchi bo‘lgan qizga yo‘l bermagan.

Ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi, 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, Farangiz Rejametova marhum aktyor To‘g‘on Rejametovning nabirasi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizidir. U Zulfiqor Musoqovning «Oyijon» filmida bosh rolda o‘ynagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farangiz Rejametova halok bo‘lgan YTH haqida rasmiy ma’lumot