O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning o‘g‘li Alisher Rashidovich Qodirovni qidiruvga bergani haqida avval xabar qilingan edi.
Ayni paytda, sobiq bosh prokurorning o‘g‘li hamon O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining qidirilayotgan shaxslar ro‘yxatida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Alisher Qodirov tovlamachilik va firibgarlikda ayblanmoqda.
Shu bilan birga, xorij matbuotining xabar berishicha, Ispaniyada uning do‘sti, IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan Alisher Xodiyev qo‘lga olingan.
Alisher Xodiyev Alisher Qodirovning talabalik yillaridan beri do‘sti sanalgan.
U joriy yilning 10 mart kuni Barselonada Ispaniya politsiyasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Ehtimol, O‘zbekiston huquq-tartibot idoralarining sa’y-harakati bilan Alisher Qodirov ham yaqinda qo‘lga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining sobiq Bosh prokurori Rashid Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida ushlangani haqida xabar berilgan edi. Qodirovga nisbatan «Tovlamachilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiste’mol qilish», «Pora olish» moddalari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. U Bosh prokuraturani 15 yil davomida boshqargan va 2015 yil aprel oyida ishdan bo‘shatilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi