22:30 / 23.07.2018
12 596

Ertaga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 61 yoshni qarshi oladilar

Ertaga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 61 yoshni qarshi oladilar
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyati, Zomin tumanida tug‘ilgan. 2003 yil 12 dekabrdan 2016 yil 13 dekabrgacha O‘zbekiston Bosh vaziri, shuningdek 2016 yil 8 sentyabrdan O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, 2016 yil 4 dekabrdagi prezidentlik saylovi natijasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. 14 dekabrdagi marosimdan keyin prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi.

Tarjimai holi
  • Mehnat faoliyatini 1981 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutidan boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishladi.
  • 1990 yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning o‘zida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatdi.
  • 1992 yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
  • 1996-2001 yillarda Jizzax viloyati hokimi.
  • 2001-2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi.
  • 1995-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib bordi.
  • 2003 yilda O‘zbekiston Bosh vaziri etib tasdiqlandi va 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marotaba qayta tasdiqlandi.
  • 2016 yil 2 sentyabrda Prezident Islom Karimovning vafot etishi sababli Oliy Majlis Mirziyoyevni Birinchi Prezident dafn marosimini o‘tkazish bo‘yicha komissiyaga rais etib tayinladi.
  • 2016 yil 8 sentyabrda Prezident vazifasini bajaruvchi, Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajarish mas’uliyatini o‘zidan soqit qilib, o‘rniga Mirziyoyevni tavsiya qildi.
  • 2016 yil 19 oktyabr kuni O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasining VIII s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya siyosiy kengashi a’zosi Sh.Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
  • 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi yakunlari bo‘yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
  • 2016 yil 14 dekabrda rasman o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.


Oilasi
  • Turmush o‘rtog‘i — Hoshimova Ziroatxon Mahmudovna, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini bitirgan, muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi.
  • Qizi — Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna.
  • Qizi — Mirziyoyeva Saida Shavkatovna.
  • O‘g‘li — Alisher Shavkatovich.



Zamin.uz tahririyati muhtaram Prezidentimizni tug‘ilgan kuni bilan muborakbod etadi, xalqimiz va oila a’zolari baxtiga doimo sog‘-salomat bo‘lib yurishlarini, el-yurt tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan ishlarida yaratganning o‘zi madadkor bo‘lishini hamda har doim baxt va saodatga erishib yurishlarini tilaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ertaga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 61 yoshni qarshi oladilar