O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yana bir yangi “Toshkent – Qizilo‘rda - Toshkent” xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘zavtotrans” agentligi xabar berdi.
Qatnov Belgiyada ishlab chiqarilgan Van Hool rusumidagi yo‘lovchi avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobuslar “G‘ishtko‘prik”(O‘zbekiston) va “Jibek Joli”(Qozog‘iston) nazorat-o‘tkazish punktlari orqali chegaradan o‘tadi. Yo‘nalishning so‘nggi bekatlari “Toshkent”(O‘zbekiston) va “Saltanat”(Qozog‘iston) avtostansiyalaridir.
Tashuvchi sifatida O‘zbekiston tomondan Uzkaz Auto Trans, Qozog‘iston tomonidan Tulpor-Baykonir kompaniyalari ishtirok etadi.
Yo‘nalish uzunligi 583 km., vaqti 10 soat-u 30 daqiqa bo‘lib, Toshkentdan Qizilo‘rdaga yetkazib qo‘yish narxi 97 ming so‘m, Qizilo‘rdadan Toshkentga kelish esa 3800 tengega teng.
Ma’lumot uchun, joriy yilda to‘rtta xalqaro yo‘nalish bo‘yicha muntazam avtobus reyslari tashkil etildi. Ular: “Toshkent – Almati - Toshkent”, “Toshkent-Chimkent-Toshkent”, “Toshkent-Bishkek-Toshkent”, “Toshkent-Xo‘jand-Toshkent”.
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha har kuni O‘zbekistondan 400 nafar yo‘lovchi chiqib ketsa, 420 nafar yo‘lovchi kirib kelmoqda. Ular ochilgandan buyon hozirgacha 40 mingdan ortiq yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazib qo‘yilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi