23:10 / 26.07.2018
9 406

O‘zbekistonlik qiz «MDH go‘zali — 2018» tanlovida ishtirok etmoqda (foto)

O‘zbekistonlik qiz «MDH go‘zali — 2018» tanlovida ishtirok etmoqda (foto)
O‘zbekistonlik Darya Masalskaya 19 nafar raqobatchi bilan birga MDHning eng chiroyli qizi maqomi uchun kurashmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

O‘zbekistonning yagona vakili bo‘lgan Darya bu tanlovni o‘z potensialini rivojlantirish uchun imkoniyat sifatida ko‘rmoqda.

Qizning so‘zlariga ko‘ra, tanlov juda yaxshi darajada tashkillashtirilgan, shu sababli ishtirokchi qizlar orasida hech qanday nizolar kelib chiqmayapti.

«MDH go‘zali — 2018» xalqaro tanlovi Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida 17—27 iyul kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Hamdo‘stlikning eng chiroyli qizi maqomi uchun Qozog‘iston, Rossiya, Gruziya, Qirg‘iziston, Ukraina, Latviya, Tojikiston, Armaniston, Belarus va O‘zbekistondan jami 19 nafar ishtirokchi kurashmoqda. Gruziya, Latviya va Ukraina MDH a’zolari bo‘lmagani sababli bu mamlakatlar vakillari tanlovga maxsus ishtirokchilar sifatida taklif qilingan.

Tanlov g‘olibi toj, pul mukofoti va tanlov homiylarining sovg‘alarini qo‘lga kiritadi. Mazkur tanlov 1996 yildan buyon tashkil qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik qiz «MDH go‘zali — 2018» tanlovida ishtirok etmoqda (foto)