15:35 / 28.07.2018
4 303

Deputat fikri: "Qamoqxonalar odamlarni qayta tarbiyalash emas, jamiyatga nisbatan nafratini yanada kuchaytirish maskanlari bo‘lib qolmoqda"

Депутат фикри: "Қамоқхоналар одамларни қайта тарбиялаш эмас, жамиятга нисбатан нафратини янада кучайтириш масканлари бўлиб қолмоқда"
Foto: Facebook/Alisher Kadirov
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov Farg‘ona viloyatidagi tergov izolyatorida bo‘ldi. Bu haqda u Facebook’dagi o‘z sahifasida ma’lum qilgan.

Foto: Facebook/Alisher Kadirov
«Farg‘ona viloyatidagi tergov izolyatorida tahlillardan xulosalarim:

- bugungi kunda qamoqxonalar mahbuslarning sonini ko‘p bo‘lishidan manfaatdor. Chunki muassasaning moddiy ta’minoti va unda ishlovchilarga to‘lanadigan haq miqdori mahbuslarning soniga bog‘langan;
- Ichki ishlar tizimida qamoqxona yoki tergov izolyatorlarida xizmat qiluvchi xodimlarga "o‘gay farzand" prinsipi shakllanib qolgan. Ularni maishiy ta’minoti, rag‘batlantirilishi va xizmatda yuqorilashi juda qiyin amalga oshadi. Bu munosabat beixtiyor xodimlarning mahbuslarga bo‘lgan "do‘stona aloqalar"iga aylanadi.

Xulosa:

Qamoqxonalar odamlarni qayta tarbiyalash emas, yanada radikallashtirish, jamiyatga nisbatan nafratini yanada kuchaytirish maskanlari bo‘lib qolmoqda.

Taklif:

- qamoqxona va tergov izolyatorlarida xizmat ko‘rsatadigan ichki ishlar xodimlariga munosabatni o‘zgartirish;
- muassasalarning ta’minotini mahbuslarning sonidan kelib chiqish amaliyotidan voz kechish, aksincha u yerdan chiqqan mahbuslarning hayotda o‘rnini topib ketish darajasidan kelib chiqish lozim», - deb yozadi deputat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Deputat fikri: "Qamoqxonalar odamlarni qayta tarbiyalash emas, jamiyatga nisbatan nafratini yanada kuchaytirish maskanlari bo‘lib qolmoqda"