3 852
OAV xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy qilish taklif qilinmoqda
Jamoaviy murojaatlar portali — meningfikrim.uz’da «Ommaviy axborot vositalari xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni belgilash haqida»gi petitsiya joylashtirildi.
«Bugungi kunda mamlakatimizda chuqur demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda. Demokratiyaning asosiy elementlaridan biri bu ommaviy axborot vositalari erkinligi va ular huquqlarining qonun bilan kafolatlanganligi hisoblanadi. Demokratik islohotlarni yanada mustahkamlash maqsadida ommaviy axborot vositalari xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy qilishni taklif qilamiz», — deyiladi petitsiya muallifi Salomat Sirg‘aboyev tomonidan joylashtirilgan jamoaviy murojaat matnida.
Jamoaviy murojaatni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish zarur. Zero, bugungi islohotlar davrida so‘z va matbuot erkinligining ta’minlanishi davlat va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni, barqaror taraqqiyot va xalq farovonligini ta’minlashda muhim qadam bo‘ladi.
Ayni paytda petitsiya 50 tacha ovoz to‘plagan. U ko‘rib chiqilishi uchun 10 mingta ovoz to‘plashi kerak. Mazkur petitsiyaga ovoz berish uchun ushbu manzilga o‘ting.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi