8 218
Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Hokimlik jamoasi hammaga yordam beradi. Hech qanday korrupsiyasiz»
Toshkent shahar hokimligida tadbirkorlar, xorijiy investorlar ishtirokida «Toshkent shahrini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish»ga bag‘ishlangan «ochiq eshiklar» kuni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Foto: «Toshkent.uz»
Tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda davlat va xususiy sherikchilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan ushbu anjumanda tadbirkorlar va xorijiy investorlar o‘zlarining yangi loyihalari bilan ishtirok etdilar.
Foto: «Toshkent.uz»
«Hokimlik jamoasi hammaga yordam beradi. Hech qanday korrupsiyasiz. Faqat bir iltimos - loyihangizni vijdonan bajaring. Mavjud binolarni buzilishga tushirib, qurishni rejalashtirmang. Bizning bir shiorimiz bor - sizlar bilan ishlash jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash», - dedi Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Tadbirda loyihalarni o‘rgangan Toshkent shahar hokimligi mutasaddi rahbarlari tadbirkorlar va investorlarga o‘z takliflarini berdilar.
Mazkur uchrashuv yakuni bo‘yicha shahar hokimligi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi