28 iyundan boshlab O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalarida abituriyentlarga DTM ruxsatnomasi tarqatila boshlandi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, qoida tariqasida DTM ruxsatnomalari 31 iyulga qadar (shu kuni ham) tarqatiladi. Biroq ko‘plab abituriyentlar joriy yilda test sinovlari 15 kun davom etishi sababli viloyatlardan Toshkentga kelib-ketishda ortiqcha ovoragarchilik va xarajatlarning oldini olish maqsadida test o‘tadigan kunga yaqinroq muddatda DTM ruxsatnomasini olish imkoni bor yoki yo‘qligi haqida savollar bilan murojaat qilgan edi.
Davlat test markazi direktori Majit Karimov Kun.uz nashriga bergan intervyusida mazkur masalaga javob qaytardi:
«DTM ruxsatnomasi OTMlar tomonidan beriladi. Biz barcha ma’lumotlarni kiritib PDF formatida elektron shaklda taqdim etamiz, ular buni bosma nashr qilib, abituriyentlarga tarqatishadi. Tarqatish tartibi 29-30-31 iyul kunlariga belgilangan. Ruxsatnomalarni test o‘tadigan pavilonlar oldida tarqatish rejalashtirilgan. Umuman olganda DTM ruxsatnomasini test kunidan 2 kun qolgungacha olsa bo‘ladi, muammo yo‘q».
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi