12:53 / 29.07.2018
6 877

Yana bir hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Yana bir hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
DXX Navoiy viloyati boshqarmasi xodimlarining Bosh prokratura huzuridagi deportamentning viloyat boshqarmasi xodimlari bilan o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida Navbahor tuman hokimi birinchi o‘rinbosari Oybek Hairov mahalliy tadbirkordan 4000 ming AQSh dollari va 16 million so‘mni pora sifatida olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda "Yoshlar" telekanalida maxsus ko‘rsatuv namoyish etildi.

Ma’lum bo‘lishicha Oybek Hairov pullarni Konimex tumanidagi baliqchilikka ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga Navbahor tumanidagi yuqorida dul-dul suv kollektorida maqsadsiz oqib yotgan suvni 6 km dan ortiqroq masofada ariq qazib olib kelish uchun tuman hokimining tegishli qarorini chiqartirib berish evaziga olgan.

Dastlabki tergov oldi surishtiruv jarayonlarida Oybek Hairov tuman hokimining ushbu qarorini chiqartirib berish uchun tadbirkordan avval 3500 ming AQSh dollari va 4 million so‘m olganligi aniqlandi.

Hozirda Oybek Hayirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 210-moddasiga asosan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana bir hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi