15:12 / 29.07.2018
3 569

O‘zbekistonda ikkita yangi agentlik tashkil etilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ikkita yangi agentlik tashkil etilishi kutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Eksimbank milliy agentligini tuzish konsepsiyasi ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmatiga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

Joriy yilning 25 iyul kuni Tashqi savdo vazirligida Jamshid Xo‘jayev va Stefk Slavov boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, vazir uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda Eksimbank milliy agentligini tuzish ustida ish olib borilayotgani haqida gapirib o‘tgan.

«Eksportga yo‘naltirilgan kredit mablag‘larni sug‘urtalash bo‘yicha Agentlik hamda Eksimbank milliy agentligini tuzish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilmoqda», deydi u.

Shu o‘rinda Jahon banki mutaxassisi Tomas Vis ham «eksport amaliyotini sug‘urtalash» rivojlangan davlatlar tajribasida keng uchrashini qayd etgan. ​

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ikkita yangi agentlik tashkil etilishi kutilmoqda