19:55 / 30.07.2018
13 350

Samarqandda qiz tug‘ilgan chaqaloq o‘lganidan so‘ng o‘g‘il bolaga aylandi

Samarqandda qiz tug‘ilgan chaqaloq o‘lganidan so‘ng o‘g‘il bolaga aylandi
Joriy yilning may oyida Samarqand shahridagi 4-sonli tug‘uriq majmuasida antiqa holat qayd etilgan. 23 may kuni tug‘uriqqa kelgan 1993 yilda tug‘ilgan Go‘zal Hakimova farzandli bo‘ladi. Shifokorlar ayolning yaqinlariga tug‘ilgan farzandi qiz ekanlini bildiradi, deb xabar bermoqda «Daryo».

7 oylik tug‘ilgan chaqaloq maxsus bo‘limga olinadi va vakuumda saqlanadi. Oradan uch kun o‘tib, aniqrog‘i 26 may kuni chaqaloq vakuumdan chiqariladi.

Qiziq va achinarli holat 27 may kuni kuzatiladi. Go‘zal Hakimovaning turmush o‘rtog‘iga shifokorlar farzandi o‘g‘il ekanligini bildiradi. Bu gapni eshitib hayratlangan yigit onasiga qo‘ng‘iroq qilib, nevarasi o‘g‘il ekanligini aytadi.

Aynan o‘sha kuni tug‘ilgan chaqaloq vafot etadi va shifokorlar chaqaloqning egalariga o‘g‘il farzandni beradi. Ushbu holat bo‘yicha Go‘zal Hakimovaning yaqinlari mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilgan.

27 may kuni shifokorlar Go‘zal Hakimova qiz emas, o‘g‘il farzand tug‘ganligini iddao qilib farzand haqiqatda uniki ekanligini aniqlash uchun DNK tekshiruvidan o‘tkazishini so‘raydi. Biroq DNK tekshiruvi uchun 2500 AQSh dollari to‘lashga imkoni bo‘lmagan chaqaloq egalari o‘g‘il chaqaloqni olib dafn qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda qiz tug‘ilgan chaqaloq o‘lganidan so‘ng o‘g‘il bolaga aylandi