06:00 / 31.07.2018
4 835

Farg‘onada "soxta militsioner" ayol fosh qilindi

Фарғонада "сохта милиционер" аёл фош қилинди
Foto: «Daryo.uz»
Farg‘ona viloyat IIB xavfsizlik bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Rishton tumanida soxta militsioner ayol qo‘lga olindi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

2018 yil 30 iyul kuni ichki ishlar organlari xizmat kiyimidagi ayol Rishton tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlarining ish faoliyatiga aralashib yurgani haqida ma’lum qilingan. Tezkor tadbir davomida Rishton tumani Oqer qishlog‘idagi «Vodiy 2» binosi yonida ichki ishlar organlarining mavsumiy oq ko‘ylagi va yashil yubkasini kiyib olgan ayol safdor maxsus unvoni bilan turganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida o‘zini ichki ishlar organi xodimi sifatida tanishtirgan ayol Farg‘ona shahar, Qirguli mavzesida yashovchi, 2 nafar farzandning onasi, 1991 yilda tug‘ilgan uy bekasi Sh.H. ekanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur ish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada "soxta militsioner" ayol fosh qilindi