07:01 / 01.08.2018
3 551

Pamela Spratlen: “Meni ochiq chehra va tabassum bilan kutib oladigan o‘zbek xalqidan cheksiz minnatdorman”

Pamela Spratlen: “Meni ochiq chehra va tabassum bilan kutib oladigan o‘zbek xalqidan cheksiz minnatdorman”
Foto: "Amerika ovozi"
Hademay AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlaydi. Diyorimizda o‘tgan uch yarim yillik faoliyati davomida Spratlen xonim ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojida alohida faollik ko‘rsatdi.

“Amerika ovozi” teleradiosi muxbiri Navbahor Imamova “Xalq so‘zi” gazetasi uchun mohir diplomat bilan eksklyuziv intervyu uyushtirdi. Ana shu suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

— Siz ayol diplomatsiz, bundaylar kam. Afro-amerikalik elchisiz, ular ham juda kam. Sizni unutish qiyin bo‘ladi. Sizni qanday eslashlarini xohlar edingiz?

— Avvalo, O‘zbekiston ahliga aytadigan gaplarim bor. Sizlardan cheksiz minnatdorman. Meni keng quchoq ochib kutib oldingiz. Birinchi daqiqalardanoq olqishladingiz. Davlatga kirishim bilan 48 soat ichida tashqi ishlar vaziri ishonch yorlig‘i nusxasini qabul qildi. Oradan 10 kun o‘tmay ishonch yorlig‘imni Birinchi Prezident Islom Karimov qabul qildi. Qayerga bormay odamlar meni juda iliq qarshilaydi. O‘zbekistonning taniqli joylari — Samarqand, Buxoro va Xiva yoki Farg‘ona vodiysidagi Mingtepa degan joy bo‘lsin, Termizmi, qayerga qadam ranjida qilmay, O‘zbekiston xalqi meni ochiq chehra va tabassum bilan kutib oladi. Elchi sifatida bu ehtirom va imkoniyat men uchun bebaho.

Elchilik davrimda yangicha hamkorlik yo‘lini ochdik. Shunday sheriklik imkoniyati yaratildi. Mevasini ko‘raveramiz. Yoshlar bilan maroq ila ishladim. Ularning orzulari, kelajak haqidagi o‘ylaridan ilhom oldim. Bu bilan faxrlanaman.

Barcha hamkasblarimdan juda minnatdorman. Ular menga ishondi, tayandi. Rishtalarimiz muvaffaqiyati, hamkorlikdagi har qanday yutuq ko‘plab odamlarning qattiq mehnati mahsuli, faqat meniki emas.

AQShdek davlatning diplomati bo‘lish bir baxt, chunki menikidek kasbiy faoliyatga ega bo‘lish mumkin. Umidim shuki, shunday kar’era qilish imkoniyati O‘zbekiston yoshlarida ham bo‘lsin.

Suhbatning to‘liq variantini “Xalq so‘zi” gazetasining navbatdagi sonlarida o‘qishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pamela Spratlen: “Meni ochiq chehra va tabassum bilan kutib oladigan o‘zbek xalqidan cheksiz minnatdorman”