21:15 / 01.08.2018
5 934

Farg‘onada kelinini pichoqlagan qaynota voqea qanday bo‘lganini gapirib berdi (video)

Farg‘onada kelinini pichoqlagan qaynota voqea qanday bo‘lganini gapirib berdi (video)
1 iyul kuni Farg‘onada qaynota kelinini pichoqlagani haqida xabar qilingan edi deb yozadi Uz24.

«Axborot24» dasturida ma’lum qilinishicha, hodisa Farg‘ona viloyatining Quva tumanida ro‘y bergan. Shu tumanda yashovchi Tursinboy Mamadaliyev uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi kelini, uy bekasi Shahnoza Mamadaliyevaga pichoq urib jarohat yetkazgan. Olgan jarohati sabab ayol kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Qaynota esa qo‘lga olingan.

Dastlabki tergov davomida u mazkur jinoyatni ruhiy holati buzilishi natijasida sodir etganligi aniqlanib, unga oid ekspertiza tayinlangan.

Fuqaro Tursinboy Mamadaliyevga nisabatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ushbu voqea yuzasidan tasvirga olingan videolavhani quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada kelinini pichoqlagan qaynota voqea qanday bo‘lganini gapirib berdi (video)