21:43 / 01.08.2018
9 382

O‘zbekistonda go‘sht narxi ko‘tarilishda davom etmoqda

O‘zbekistonda go‘sht narxi ko‘tarilishda davom etmoqda
Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 2018 yil iyul oyida ayrim iste’mol tovarlari va xizmatlar narxi 0,5 foizga o‘sdi.

Ta’kidlanishicha, iyul oyida meva-sabzavot mahsulotlarining narxi oxirgi oylarda ularni taklif qilish hajmi mavsumiy oshishi tufayli keskin pasayishni to‘xtatdi, hozirgi vaqtda an’anaviy tuzatish bilan ajralib turibdi.

Xususan, ushbu guruhda narxlar o‘sishi 5,1%ni tashkil etdi. Narxlarning o‘sishi joriy yilning may va iyun oylarida meva-sabzavot mahsulotlari sezilarli darajada arzonlashishi natijasida past baza effekti bilan tushuntiriladi.

Shu bilan birga, iyul oyida go‘sht va sut mahsulotlari narxlarining o‘rtacha ko‘tarilishi kuzatildi.

Mol go‘shti narxi 1,2%ga, qo‘y go‘shti - 0,1%ga va sut - 2,2%ga qimmatladi, tovuq go‘shti esa, aksincha, 1%ga arzonlashdi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida mol go‘shti narxi 1,7 foizga, qo‘y go‘shti - 2,1 foizga o‘sdi. May oyida mol go‘shti va qo‘y go‘shti mos ravishda 5% va 3,7%ga qimmatlashdi.

Shu bilan birga, tuxum sezilarli darajada arzonlashdi (12,3%ga), bu ularning mavsumiy taklifi yuqoriligi va tashqi bozordagi savdolarning zaiflashishi bilan bog‘liq.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda go‘sht narxi ko‘tarilishda davom etmoqda