23:05 / 02.08.2018
5 488

«Samosud». Qoraqalpog‘istonda o‘g‘rilikda gumon qilingan yigit qo‘lidan osib qo‘yildi (video)

«Samosud». Qoraqalpog‘istonda o‘g‘rilikda gumon qilingan yigit qo‘lidan osib qo‘yildi (video)
Foto: «Facebook/Uzbekvideo»
Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanidagi Shabboz bozorida o‘g‘rilikda gumon qilingan shaxs qo‘lidan osib qo‘yilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov bu holatni «samosud» deya baholadi, deb xabar bermoqda «Daryo».

«Biz nechanchi asrda yashayotganimizni o‘ylab qolasan kishi, 15 asrdami? Bu bosar-tusarini bilmay qolagan ‘samosud’chi bozorchilar, bizning jamiyatda qonun ustuvorligini unutib, huquq-tartibot xizmatlari va sudning vakolatlarini nahot o‘z zimmalariga olgan bo‘lsalar?

Bu bozorning bozorkomi, militsiyasi, tuman prokurori, hokimi bormi?

Nahot shuncha ish bo‘lishiga qaramay, biror inson miq etmagan bo‘lsa?!

Qabohat va razolat to‘la bunday insonlarga qo‘yib bersa, o‘sha yigitni o‘sha yerni o‘zida dorga tortib yuborishdan ham tap tortishmaydi.

Kim bo‘lishidan qat’i nazar, bunday holatga yo‘l qo‘yilishi mumkin emas edi», deya darg‘azab bo‘ladi deputat.

Nuriddin Zaynitdinovga ko‘ra, odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshirilishi shart. Chunki sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.

«Faqat asosli va odilona jazo tayinlash orqaligina jamiyatni jinoiy xurujlardan samarali himoya etish, sudlanganlarni tuzatish va qayta tarbiyalashga erishish, sudlanganlar hamda boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishni ta’minlash mumkin», deydi deputat.
Беруний район Шаббоз бозоридаги ўғри деб гумонланиб ушланган шахсни самосуд қилиб қўлидан осиб қўйишди.

Беруний район Шаббоз бозоридаги ўғри деб гумонланиб ушланган шахсни самосуд қилиб қўлидан осиб қўйишди. Сизнинг фикрингиз ???? https://telegram.me/joinchat/AAAAAEC3FZ6kdZ99w4BwBg

Опубликовано Uzbek Video Cреда, 1 августа 2018 г.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Samosud». Qoraqalpog‘istonda o‘g‘rilikda gumon qilingan yigit qo‘lidan osib qo‘yildi (video)