08:30 / 04.08.2018
3 723

Rossiyaning “Gazprombank”i O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari qurmoqchi

Rossiyaning “Gazprombank”i O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari qurmoqchi
Rossiyaning “Gazprombank” moliya muassasasi O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida bolalar bog‘chalari qurish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqida “Xalq so‘zi” nashri xabar berdi.

Bank mutasaddilaridan birining aytishicha, bunday loyiha bo‘yicha qarzni obligatsiya zayomiga aylantirish va uni past stavkalarda noprofessional investorlarning keng doirasiga taklif qilish mumkin. Bu daromad olish va mazkur shartnomadagi mablag‘ni tezda chiqarib olib, uni yana boshqa muhim loyihalarga yo‘naltirish imkonini beradi.

“Bu loyihaning o‘ziga, uning xarajatlari qoplanishi yoki davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash miqdoriga ijobiy ta’sir o‘tkazadi”, - dedi u.

Bank joriy yilda Rossiya okruglaridan birida bolalar bog‘chalari qurish bo‘yicha shunga muqobil bo‘lgan dastlabki infratuzilma obligatsiyalarini chiqargandi. Bu esa sarmoyadorlar tomonidan yaxshi kutib olindi.

“Bog‘chalar bunyod etildi, foydalanishga topshirildi, byudjet esa ularning qurilishiga ketgan xarajatlarni qoplagan holda davlat-xususiy sheriklik shartnomasi bo‘yicha to‘lovlarni berishni boshladi, - deya qayd etdi bank mutasaddisi. - Obligatsiyalarni chiqarib va ularni loyihaga umuman aloqasi bo‘lmagan investorlarga sotgan holda biz o‘z-o‘zidan mazkur infratuzilma loyihasining dastlabki bosqichlari uchun mablag‘ ajrata olmagan yangi sarmoyadorlarni jalb etdik”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha muvaffaqiyatiga boshqa mintaqalar va hatto davlatlar ham qiziqib qolgan.

“Hozirda biz O‘zbekistonda bolalar bog‘chasi qurish bo‘yicha shunga o‘xshash loyiha ustida ishlayapmiz”, - dedi moliyachi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyaning “Gazprombank”i O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari qurmoqchi