15:00 / 04.08.2018
4 636

Terrorchilik harakati a’zosi bo‘lgan ayollar farzandlari bilan O‘zbekistonga qaytarildi (video)

Terrorchilik harakati a’zosi bo‘lgan ayollar farzandlari bilan O‘zbekistonga qaytarildi (video)
Tinchlik-osudalikning qadriga yetmay olisdan baxt izlaganlar nimaga erishyapti? Bu haqda biri 20 yil, ikkinchisi 7 yil ilgari yaqinlarining qistovi bilan O‘zbekistonni tashlab, begona yurtlarga chiqib ketgan ayollarning achchiq qismati haqida “Yoshlar” telekanalida lavha ko‘rsatildi.

Qidiruvda bo‘lgan bu ikki ayol Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida bo‘lgan O‘zbekistonning konsulligi va DXX xodimlarining sa’i-harakati bilan o‘z yurtiga qaytarildi va Termizdagi chegara postida kutib olindi.

1973 yil Xiva shahrida tug‘ilgan Zumrad Allaberganova 1997 yilda turmush o‘rtog‘ining qistovi bilan “O‘zbekiston islom harakati” terroristik tashkilotiga a’zo bo‘lgan. U o‘z yurtini tashlab Tojikiston orqali Afg‘onistonga, u yerdan so‘ng, Pokistonga o‘tib ketgan. Zumrad Allaberganova umrining eng mazmunli yillarini sarson-sargadonlikda, ming bir azob bilan o‘tkazdi. Bir emas bir necha bor erga tegib, ularni janggohlarda tuproqqa qo‘ydi.

Tug‘ilgan 6 nafar farzandi, 1 nafar nabirasini darbadarlikda katta qilgan bu ayol o‘zini achchiq qismatga giriftor qildi.

“O‘zbek ayollari juda ko‘p ichimizda. Ularning hammasini sabr-kosalari to‘lgan. Lekin qaytishning iloji yo‘q. Mayli bomba kelib tushadimi, o‘q tegadimi, deb o‘tirishipti. Oramizda yettimlar ko‘p. Pulga uchgan desangiz, pul yo‘q u yerda. Bir yillab, bir yarim yillab bir tiyinsiz qo‘yadi. Hijratga chiqsang jannatiy bo‘lasan degan so‘zlarga uchyaptilar”, deydi Z.Allaberganova.

28 yoshni qarshilagan Surxandaryolik Ruxsora Jo‘rayeva bundan 7 yil oldin akasining aldovlariga uchib, chet elga ishlash uchun boradi. U yerda soxta da’vatlar bilan “O‘zbekiston islom harakati” terroristik tashkilotiga qo‘shilib qoladi. Shu kundan boshlab Ruxsora uchun darbadarlikning, sarson-sargardonlikning achchchiq qismatlari boshlanadi.

“Boshizda erkak kishi yo‘q. Faqat kunimiz uyoqdan-buyoqqa ko‘cha-ko‘ch bilan o‘tadi. Bir oy bir joyda yashaysizmi yo‘qmi jang bo‘ladi, yana boshqa joyga ko‘chamiz. Shunaqa bo‘lib yurganmiz. Ketishni xohlardim, pasportim yo‘qligi sabab ketolmasdim”, deydi R.Jo‘rayeva.

Rasmiylashtirish ishlari tugaganidan so‘ng, ular Termiz shahridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rasatish markaziga olib borildi. Bu yerda malakali shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Har ikki ayol ham tilxat orqali yaqinlari bag‘riga qaytarildi.

Ushbu voqealar aks etgan videolavhani quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Terrorchilik harakati a’zosi bo‘lgan ayollar farzandlari bilan O‘zbekistonga qaytarildi (video)