07:30 / 06.08.2018
6 834

Shayx Xovand Tohur (xalq tilida Shayxontohur) qanday zot bo‘lgan? (foto)

Shayx Xovand Tohur (xalq tilida Shayxontohur) qanday zot bo‘lgan? (foto)
Toshkent shahrining tumanlaridan biri Shayxontohur deb ataladi. Juda qadim tarixga ega bu manzilning nomi ham o‘ziga yarasha qadimiy va ulug‘dir. Xo‘sh, xalq tilida Shayxontohur, aslida Shayx Xovand Tohur ism-sharifli zot kim bo‘lgan?

Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, Shayx Xovand Tohur ilohiyot va tariqat ilmining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan. Bu zotning otalari asli Bo‘stonliq tumanidagi Bog‘iston qishlog‘idan bo‘lib, o‘z davridagi mashhur mutasavvif Shayx Umar Bog‘istoniydir. Shayx Xovand Tohur ilohiyot va tariqat ilmining ilk saboqlarini o‘z padari buzrukvorlaridan olgan.

Manbalarga ko‘ra, Shayx Umar Bog‘istoniyning nasabnomasiga qaraganda, o‘n olti ota-bobo bilan payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)dan keyin xalifalik masnadiga o‘tirgan chahoryorlarning ikkinchisi - Hazrat Umar ibn Hattobga borib tutasharkan.

Shayx Xovand Tohur 1355 yilda vafot etib, hozirgi Shayxontohur maqbarasi qad ko‘targan joyga dafn etilgan. Shayx dafn etilgan mozor ziyoratgohga aylangan.

XV asrning ikkinchi yarmida Xoja Ahror Valiy Shayx Xovand Tohur qabrlari ustiga maqbara qurdiradi. Ma’lumot uchun, Xoja Ahror Valiyning onalari Xoja Dovudning qizlari bo‘lgan. Xoja Dovud esa Shayx Xovand Tohurning o‘g‘illari edi. Ammo mazkur maqbara zamonlar o‘tishi bilan nurab, bizgacha yetib kelmagan. Hozirgi maqbara esa eski maqbaraning tarixi va loyihasi asosida XIX asrda qaytadan qurib tiklangan. Bu tabarruk go‘sha bugungi kunda obod majmuaga aylantirilgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shayx Xovand Tohur (xalq tilida Shayxontohur) qanday zot bo‘lgan? (foto)