15:05 / 07.08.2018
5 679

AQShdan kelgan o‘zbekistonlik yuqori lavozimga tayinlandi

AQShdan kelgan o‘zbekistonlik yuqori lavozimga tayinlandi
Foto: «uzbektourism.uz»
Ulug‘bek Qosimxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi deb yozadi "Xabar" nashri.

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev 1978 yili Andijonda tug‘ilgan. 2000 yili «Umid» dasturi bo‘yicha AQShning Peys universitetining biznes fakultetini tamomlagan. 2000 yildan 2002 yilgacha Andijon viloyati hokimligida, 2002-2005 yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro apparatida ishlagan.

2005 yili u Barri universitetida magistraturaga o‘qishga kiradi. O‘qishni tamomlaganidan keyin to 2013 yilga qadar Barri va Zanderberd universitetlarida dars beradi. So‘ng bir yil davomida investitsiya kompaniyasi direktori lavozimida ishlaydi. 2014 yildan esa turizm va xususiy mulk sohasidagi investitsion kompaniyani boshqaradi.

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Davlat turizm qo‘mitasida turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek milliy turizm brendini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQShdan kelgan o‘zbekistonlik yuqori lavozimga tayinlandi