07:30 / 08.08.2018
5 083

Korrupsiyaga qarshi yana bir qadam: «Diqqat, radar!»

Korrupsiyaga qarshi yana bir qadam: «Diqqat, radar!»
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining topshirig‘iga binoan shahar yo‘llarida «Diqqat, radar!» belgisi o‘rnatilmoqda.

«Shu sababli sizdan yo‘llarda diqqatli bo‘lishni va ushbu belgini inkor etmaslikni so‘raymiz. Zero, ushbu belgilar ostidagi hududlarda statsionar yoki mobil radarlar o‘rnatilganini unutmang», deyiladi shahar IIBB axborotida.

Mazkur qurilmalar avtomatik ravishda real vaqt rejimida tezligi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgan transport vositalarini aniqlaydi va uning raqami, voqea sanasi va vaqti hamda manzilini «O‘zbekiston pochtasi» Toshkent shahar filialining ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga yuboradi. Qoidabuzarga esa bu haqda pochta orqali ma’lumot yuboriladi.

Bu esa qoidabuzar va YPX xodimining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishiga imkon qoldirmaydi va korrupsiyaning oldini olgan holda tomonlarning vaziyatga aralashuviga chek qo‘yadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korrupsiyaga qarshi yana bir qadam: «Diqqat, radar!»