18:50 / 08.08.2018
14 676

Diqqat! "Momo" nomli xavfli o‘yin ommalashmoqda, farzandingizni undan ehtiyot qiling!

Диққат! "Momo" номли хавфли ўйин оммалашмоқда, фарзандингизни ундан эҳтиёт қилинг!
Facebook ijtimoiy tarmog‘ining The Mirror nashri xabarlariga tayangan holda bergan ma’lumotlariga ko‘ra , WhatsApp ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchilar orasida “Momo” nomidagi xavfli o‘yin internetda ommalashmoqda.

Ushbu o‘yin “Ko‘k kit” o‘yini kabi xatarli bo‘lib, o‘yin so‘ngida o‘ynayotganlar o‘zini o‘ldirishi kerak bo‘ladi. Bu o‘yinga mukkasidan ketganlarning ko‘pchiligini hozirda yoshlar tashkil etmoqda.

O‘yin qoidalariga ko‘ra, “Momo” nomi ostidagi abonent foydalanuvchining aloqalar qayd ro‘yxatiga to‘satdan bog‘lanadi va tunda video aloqaga chiqa boshlaydi. Keyin foydalanuvchiga turli xil qo‘rquv va vahima uyg‘otuvchi rasmlar jo‘natadi.

Shuningdek, tunda “Momo” abonenti o‘zi jo‘natgan qo‘rqinchli filmlarni ko‘rishga majburlaydi. Film tugagach, “Momo” foydalanuvchiga ko‘rgan qo‘rqinchli filmidagi vahshiy obraz ko‘rinishida video aloqaga chiqadi.

Muntazam yuborilgan qo‘rqinchli rasmlar va video qo‘ng‘iroqlar ta’sirida, foydalanuvchi jismonan va ruhan holsizlanib, tushkunlikka tushib qoladi. Shundan so‘ng o‘z hayoti yaqinlari uchun arzimasligini his qila boshlaydi va o‘z joniga qasd qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyada 2018 yilning iyul oyiga qadar “Momo” xatarli o‘yini ta’sirida 130 nafar o‘smir o‘z joniga qasd qilgan.

Avvalroq, “Ko‘k kit” xavfli internet o‘yini orqali ham minglab yoshlar o‘z joniga qasd qilganligini xabar qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
farhodhon
farhodhon 6 января 2021 12:46
Bu sayt malumotlari menga yoqdi
Yangiliklar » Jamiyat » Diqqat! "Momo" nomli xavfli o‘yin ommalashmoqda, farzandingizni undan ehtiyot qiling!