07:01 / 10.08.2018
5 349

O‘qishga kiritish bilan shug‘ullanib kelgan «bunker» qo‘lga tushdi

O‘qishga kiritish bilan shug‘ullanib kelgan «bunker» qo‘lga tushdi
Huquq tartibot idoralari tomonidan, Oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kiritishni va’da qilib, shu ish bilan shug‘ullanib, “Bunker” tashkil qilgan guruh fosh etildi.

Oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini olishga ham astoydil kirishilganiga qaramay, “o‘qishga kiritib qo‘yaman, testni hal qilib beraman”, degan va shu orqali mo‘may pul ishlab olish ilinjidagi ucharlar hali-hanuz uchrab turibdi.

Huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan, Samarqand viloyatida ham aynan shunday maqsadda “Bunker” tashkil qilgan firibgarlarning bir guruhi qo‘lga olindi.

Bu voqeaning to‘liq tafsilotlari bugun, 9 avgust kuni soat 21:00 da “O`zbekiston24” telekanalining “Axborot” ko‘rsatuvida namoyish etilishi aytilmoqda.

Manba: UzNews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘qishga kiritish bilan shug‘ullanib kelgan «bunker» qo‘lga tushdi