07:15 / 12.08.2018
4 908

«Tolibon» harakati delegatsiyasi O‘zbekistonga kelgani ma’lum bo‘ldi

«Tolibon» harakati delegatsiyasi O‘zbekistonga kelgani ma’lum bo‘ldi
2018 yilning 7-10 avgust kunlari Doha shahrida joylashgan «Tolibon» harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbas Stanikzay boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmatiga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, «Tolibon» harakati delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilingan. Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston «Tolibon» bilan muzokaralar o‘tkazgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Tolibon» harakati delegatsiyasi O‘zbekistonga kelgani ma’lum bo‘ldi