18:30 / 14.08.2018
5 457

«Tolibon» bilan Toshkentda o‘tkazilgan muzokaralar tafsilotlari oshkor qilindi

«Tolibon» bilan Toshkentda o‘tkazilgan muzokaralar tafsilotlari oshkor qilindi
«Tolibon» harakatining Doxadagi siyosiy idorasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi jarayonida Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish istiqbollari, xorijiy qo‘shinlarning chiqarilishi hamda O‘zbekistonga olib boruvchi temir yo‘llar va elektr energiyasi tarmoqlari xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi, deya xabar qildi Gazeta.uz.

Avval xabar qilinganidek, «Tolibon» harakatining Qatardagi idorasi vakillari 7−10 avgust kunlari uning rahbari Shir Muhammad Abbos Stanikzay boshchiligida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.

Muhammad Suxayl Shaxin so‘zlariga ko‘ra, «Tolibon» vakillari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatullo Irashev bilan uchrashdi.

«O‘zbekistonning rasmiy vakillari bilan xorijiy qo‘shinlarning chiqarilishi va qanday qilib Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalalari bo‘yicha fikr almashildi», — dedi u.

«Tolibon» vakillari ehtimoliy tinch muzokaralar o‘tkazish tafsilotlarini muhokama qilish uchun AQSh mutasaddi shaxslari bilan ham uchrashdi. Afg‘oniston hukumati Qurbon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan joriy yildagi ikkinchi o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda Afg‘onistonning turli hududlarida shafqatsiz janglar davom etib, harbiy xizmatchilar va politsiya vakillari o‘rtasida ko‘p sonli qurbonliklar berilmoqda, oktyabrda o‘tkazilishi mo‘ljallangan parlament saylovlarini xavf ostida qoldirmoqda.

«Tolibon» harakatining yuqori lavozimli vakili aloqalarni yaxshilash va toliblar mahalliy jangari guruhlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida emasligini namoyish etish uchun Toshkentda siyosiy idorasini ochish rejasi haqida ma’lum qildi. Biroq O‘zbekiston TIV «Gazeta.uz'ga idora ochilmagani va uni ochish masalasi muhokama qilinmaganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Tolibon» bilan Toshkentda o‘tkazilgan muzokaralar tafsilotlari oshkor qilindi