14:08 / 15.08.2018
17 646

2018/2019 o‘quv yili uchun oshirilgan kontrakt narxlari tasdiqlandi

2018/2019 o‘quv yili uchun oshirilgan kontrakt narxlari tasdiqlandi
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduxakimov bergan ma’lumotga ko‘ra, Davlat qabul komissiyasining 5-son bayoni asosida jami 276 ta yo‘nalish bo‘yicha oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.

Foto: Facebook / Xushnudbek Xudoyberdiyev
Unga ko‘ra, eng arzon super-kontrakt miqdori 82 mln 935 ming so‘m bo‘lib, 141 ta yo‘nalishda (51,1%) abituriyentlar ayni shu miqdordagi super-kontraktni to‘lab talabaga aylanishlari mumkin.

Eng qimmat super-kontrakt esa o‘tgan yildagidek huquq sohasi uchun belgilandi. Bu yo‘nalishda super kontrakt narxi 25 barobarni tashkil qiladi. Bunga ko‘ra, yurist bo‘laman degan, lekin yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar birinchi yil uchun 276 mln 450 ming so‘m to‘lab, talaba bo‘lishlari mumkin.

Shu kabi super-kontrakt uchun 276 ta yo‘nalishga jami 11 xil miqdordagi narxlar belgilandi.

Ma’lumot uchun, to‘plagan ballari to‘lov-kontrakt doirasidagi qabul kvotalari chegarasiga 4 balldan ortiq ball yetmagan, biroq eng yuqori ballning 30%dan (56,7 ball) kam bo‘lmagan holda, o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar super-kontrakt asosida o‘qishi mumkin.

Super-kontrakt faqat birinchi yil uchun to‘lanadi (oddiy kontraktning summasi ham shuning ichida), keyingi yillarda barcha talabalar qatori oddiy kontrakt narxi to‘lanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2018/2019 o‘quv yili uchun oshirilgan kontrakt narxlari tasdiqlandi