07:30 / 16.08.2018
3 684

O‘zbekistonliklar 3 oyda plastik kartochkalardagi 2,2 trln. so‘mni naqdlashtirdi

O‘zbekistonliklar 3 oyda plastik kartochkalardagi 2,2 trln. so‘mni naqdlashtirdi
Aholining naqd pulga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida bankomatlar va terminallar tarmog‘i kengaytirilishi hisobiga plastik kartalardan naqd pullar yechib olish hajmlari oshdi.

Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, 2018 yilning II choragida aholi tomonidan plastik kartadagi mablag‘lar hisobidan naqd pul yechib olish hajmi I chorakdagi ko‘rsatkichdan 1,4 barobarga ortib, 2,2 trln. so‘mni tashkil qildi.

Bu esa, aholi tomonidan savdo va pullik xizmatlar uchun to‘lovlarda naqd pullardan foydalanish darajasini oshishiga olib keldi.

Xususan, joriy yilning yanvar-iyun oylarida savdo va pullik xizmatlar uchun naqd pulda to‘langan to‘lovlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 barobarga oshgan bo‘lsa, terminallar orqali to‘langan to‘lovlar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonliklar 3 oyda plastik kartochkalardagi 2,2 trln. so‘mni naqdlashtirdi