11:57 / 19.08.2018
9 850

Ayollarning ishlashi xususida

Ayollarning ishlashi xususida
Ayollarning ishlashi

Ayollarning ishlashi ayni paytda dunyoda eng ko‘p muhokama qilinadigan masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada kishilar buni qo‘llab-quvvatlaydigan va qarshi chiqadigan ikki guruhga bo‘linganlar. Ba’zilar ayol kishi ishlamay, farzandlari va turmush o‘rtog‘ining rioyasini qilib, uyda qolishini afzal bilsalar, ba’zilar esa uning ishlashi o‘zining shaxsiy rivojlanishi, shu bilan birga, jamiyat rivojlanishi uchun ham zaruriy ekanini ta’kidlaydilar. Shu o‘rinda biz ikki tarafga ham quloq tutib, mavzuning ijobiy va salbiy jihatlarini ko‘rib chiqishga urinamiz.

Islom nima deydi?

Ma’lumki, Islom ayollarning ishlashiga ruxsat beradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobai kiromlarning davrlariga nazar tashlasak, ayollar bir qancha vazifalarda ishlaganlarini ko‘rishimiz mumkin. Chunonchi, ba’zi ayollar erkaklar bilan birga urush maydoniga chiqib, jangda yaralangan askarlarning parvarishi bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Yana bir qancha ayollar musulmonlarga din ishlarini o‘rgatish va ta’lim berish bilan shug‘ullanganlar. Buning eng yaqqol misoli Sayyida Oisha roziyallohu anhodirlar. Zero, u kishi sahobalarga hadisdan ta’lim berar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis rivoyat qilar edilar.

Bugungi kunimiz

Uyg‘onish davrida butun dunyoda ayollarning ishlash borasida erkinliklari ko‘p emasdi, ular faqat torroq doiradagi sohalarda ishlashardi. Jahon urushlarida ko‘plab erkaklar vafot etgach, ayollar ishchi kuchidagi nuqsonni to‘ldirish uchun ishga chiqishlariga to‘g‘ri keldi. Shundan so‘ng jahonda ayollarning ishlashiga nisbatan dunyoqarash o‘zgardi.

Hozirgi paytda esa ayol kishi har taraflama jamiyatning yarmiga aylangan. Universitetlarda dars beradi, bir qancha mansablarda erkak kishiga raqobatchi bo‘la oladi, ba’zi ishlarda esa erkaklardan avval yetakchilikni ham qo‘lga olib ulgurgan.

Shuningdek, ta’lim, tibbiyot, farmatsevtika, muhandislik, sanoat kabi sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan ayollar ham talaygina. Fillipin, Pokiston kabi bir qancha davlatlarda esa davlat rahbari, bosh vazir kabi yuqori lavozimlarni egallagan ayollar bor.

Ijobiy taraflari:

- O‘z shaxsiyatini rivojlantirish imkoniyati tug‘iladi.
- Ko‘proq ijtimoiylashadi, kundalik tarzda jamiyatdagi voqelikdan xabardor bo‘lib turadi.
- Ishda va uyda hamohang tarzda muvaffaqiyatga erisha olsa, farzandlariga va jamiyatdagi ayollarga o‘rnak bo‘ladi.
- Oilasi va jamiyati taraqqiyotiga hissa qo‘shadi.

Salbiy taraflari:

- Uy ishlari va farzandlar tarbiyasiga ulgurmay qolishi mumkin.
- Ishdagi holatlar ayolning ruhiyatiga ta’sir qiladi, surunkali charchoq va asabiylashish oiladagi o‘zaro munosabatlarga salbiy ta’sir qilmay qolmaydi.
- Vaqti yetmaganidan turmush o‘rtog‘iga va o‘ziga yetarlicha e’tibor bera olmay qolish ehtimoli bor.
Zarnigor Ahmadaliyeva tarjimasi

Manba: Muslimaat.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayollarning ishlashi xususida