Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning korteji kecha, 19 avgust kuni Bekabod shahridan Toshkentga qaytayotgan mahal YTHga uchragani, Bosh vazir Aripov va uning o‘rinbosari Sultonov shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik. Ayni damda ularning ahvoli yaxshi.
Bosh vazir o‘rinbosari – “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Alisher Sultonovning holati yaxshi, ortiqcha xavf yo‘q. Hukumat a’zosi shifokorlar nazoratiga olingan.
Tibbiyot xodimlarining ta’kidlashicha, Alisher Sultonovda jiddiy jarohatlar yo‘q. Uning holati tiklanmoqda. Ma’lum qilishlaricha, u tez orada vazifasiga qaytadi.
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, YTH Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan. Unda aytilishicha, Bekobod tumaniga ketayotgan Hukumat korteji yo‘liga Dehqonobod MFY yaqinida Damas avtomobili chiqib ketgan.
Ma’lumot uchun, ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning ahvoli yaxshi va Vazirlar Mahkamasida Qurbon hayitini munosib nishonlash masalasiga bag‘ishlangan videoselektor majlisini o‘tkazdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi