09:57 / 26.08.2018
4 777

Taksichilarning bayramoldi sovgʻasi: narxlar yana koʻtariladi

Taksichilarning bayramoldi sovgʻasi: narxlar yana koʻtariladi
Oʻzbekistonda bayramlar boshlanishi bilanoq, taksi haydovchilari yoʻlkira narxlarini koʻtarib yuboradi.

Fargʻona vodiysiga borishni istasangiz, bu ayniqsa seziladi. Misol uchun, Qurbon hayiti bayrami arafasida narxlar 80 ming soʻmga koʻtarildi. Endi narxlar yana oʻsishni boshladi. Nima uchun? Sababi yaqinda Mustaqillik kuni. Odamlarning kayfiyatini koʻtarish kerak, axir.

Shu bilan birga, koʻplab taksi haydovchilari noqonuniy ravishda ishlaydilar, yaʼni ular litsenziya yoki soliqlarni toʻlamaydilar.

Beshta taksi haydovchisi bilan suhbatlashildi, ular hujjatsiz ishlayotganlarini taʼkidlab oʻtdi.

“Baʼzan soliqchilar tekshiradi. Umuman olganda, hech qanday muammolar yoʻq. Deyarli 7 yildan beri shu ish bilan shugʻullanaman. Meni faqat bir marta toʻxtatishgan, ammo ish joyida «hal” qilingan», - deya aytib oʻtdi taksi haydovchilaridan biri.

Aytgancha, taksi haydovchilari hayotdan doimo noliydilar, ularga hamma narsa qimmatga tushayotgani, oilani boqish kerakligi va hokazolar haqida.

“Har bir yoʻlovchi sizga 75 ming soʻmdan toʻlaydi. Natijada, siz 300 ming olasiz. Avtomobil «gazda” boʻlgani uchun siz maksimum 40 ming sarflaysiz. Bir yil davomida standart narxga ega boʻlish mumkin emasmi?» - deya soʻragan Kun.uz ekspertlaridan biri.

Haydovchi hayotidan noliy boshladi (bu haydovchilarning oʻzini oqlash uchun standart usuli - tah.). Maʼlum boʻlishicha, u svechalar, ballonlar, motor moyini tez-tez oʻzgartiradi, hamma narsa qimmat turadi, yaqinda qizini turmushga beradi, mebel sotib olish kerak. Toʻxtovsiz nolish.

Oʻz navbatida, savol tugʻiladi. Yoʻlovchilar haqida kim oʻylaydi? Ishoning, koʻplab yoʻlovchilarda ham muammolar yetarlicha. Yoki haydovchilar har bir yoʻlovchidan 75 ming soʻmni olsinlar, ammo har oy soliqlarni toʻlasinlar yoki litsenziya boʻyicha ishlashsin.

Fargʻona vodiysiga borishni istasangiz, hozir siz kamida 60 ming soʻm toʻlashingiz kerak.

Keyingi haftada narxlar 80 ming soʻmga koʻtariladi, ikki haftadan soʻng, vodiydan Toshkentga qaytayotganda esa, yoʻlovchilar yana 70-80 ming soʻmdan toʻlashga majbur boʻladi.

Shu bilan birga, baʼzilar “talab va taklif” iqtisodiyot qonunlari bilan oʻzini oqlaydi, lekin hech kimni oʻzbek taksi haydovchilarining qonuniy faoliyati qiziqtirmaydi.

Darvoqe, “pochta” haqida.

Hayotidan doimo noliydigan haydovchilar, yoʻlovchilar bilan bir qatorda, “pochta”larni ham olishadi.

Misol uchun, haydovchilarning biri Fargʻona vodiysiga yetkazib berish uchun 3ta hujjat va 2ta posilka olgan. Kun.uz ekspertining taʼkidlashicha, har bir hujjat uchun u 15 ming soʻmdan, ikkita posilkaga 40 ming soʻm olgan.

Toʻrt yoʻlovchi - 300 ming, plyus “pochta” - 85 ming soʻm. Yakunda 385 ming soʻm. Metan yoqilgʻi quyish shoxobchasida u maksimum 40 ming soʻm sarflaydi. Hech qanday soliq toʻlamaydi, litsenziya yoʻq.

Biroq, koʻplab haydovchilar uchun hayot juda “qiyin va ogʻir”. Goʻyoki hamma joyda muammolar - ularning bari taksichilarga qarshi.

Yaqinlashib kelayotgan bayram bilan: narxlar bir necha barobarga koʻtariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taksichilarning bayramoldi sovgʻasi: narxlar yana koʻtariladi