19:53 / 26.08.2018
6 615

Singlisining or-nomusi uchun yetti yil ozodlikdan mahrum qilingan aka qismati

Singlisining or-nomusi uchun yetti yil ozodlikdan mahrum qilingan aka qismati
2017 yil iyul oyida Dilshod Samadov (maqoladagi ismi-shariflar oʻzgartirilgan) ishlash uchun Rossiya davlatiga ketadi. Shu yil noyabr oyida Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan yashash uyiga qaytib kelgach, mahalladoshlaridan singlisining harakatlari va oʻzini tutib turishi bejo ekanligi haqida turli xil gaplar eshitadi. D.Samadov singlisi oʻzi bilan bir qishloqda yashovchi A.Saidov bilan uchrashib yurishini bilib qoladi. Onasi ham bu gap-soʻzlarni tasdiqlab, oʻgʻliga “A.Saidov bilan gaplash, niyati jiddiy boʻlsa, sovchi yuborsin, odamlar gap qilyapti” deydi.

Bir necha kun oʻtgach D.Samadov singlisining oshigʻi A.Saidovni qishloqda uchratib qolib, unga “Uka, bunday yurishing yaxshi emas. Qoʻni-qoʻshni gap qilyapti. Sovchilaringni yubor, kattalarning rozi-rizoligida singlim bilan boshingizni bogʻlab qoʻyaylik» deb Ahmadga maslahat soladi. Ammo yigit pinagini ham buzmay bu haqda keyinroq oʻylab koʻrishini aytadi.

Shu asnoda kunlar oʻtib, vaziyat chigallashgach D.Samadov A.Saidov bilan singlisi S.Samadova ishqiy munosabatda boʻlib kelganligini bilib, A.Saidovga sovchi qoʻyib, singlisi bilan keyin gaplashishini aytadi. Shunga qaramasdan, ular muntazam uchrashib, oʻzaro intim munosabatda boʻlib keladi. 2017 yil 18 dekabr kuni soat 17:00 larda A.Saidov S.Samadova bilan telefonda gaplashib bir-birlarini haqorat qilayotganini guvohi boʻlgach, singlisidan telefonni olib qoʻyadi va A.Saidov bilan suxbatlasha boshlaydi. A.Saidov S. Samadovning singlisi bilan boʻlgan voqeani aytib qizning akasini kamsitadi.

A.Saidov unga “Erkak boʻlsang Asomiddin toʻyxonasiga kel, men shu yerdaman ” deb aytganidan soʻng, D.Samadov A.Saidovni qasddan oʻldirish maqsadida, yashash uyi oshxonasida boʻlgan oq dastali oshxona pichogʻini oʻzi bilan oladi va pichoqni oʻng qoʻlining yeng qismiga solib, soat 19:15 larda Asomiddin toʻyxonasiga boradi. Toʻyxona ichida A.Saidovni qidirib topib, toʻyxonada fuqarolar orasida, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan oshkora mensimasdan, singlisi S.Samadova bilan ishqiy munosabatda boʻlib kelgan A.Saidovni oʻldirish uchun oʻzi bilan olib kelgan oshxona pichogʻini chiqaradi.

A.Saidovni ikki marotaba chap qoʻlining bilak soxasiga, bir marotaba orqa tomonidan qorin boʻshligʻining chap tomoniga sanchib olgan vaqtda toʻyxonada yigʻilgan fuqarolar tomonidan A.Saidovga yordam berish uchun kelib, qutqarib qolinganligi natijasida, jabrlanuvchi A.Saidovning hayoti saqlab qolinadi. D. Samadov oʻziga bogʻliq boʻlmagan holda qasddan odam oʻldirish jinoyatini oxiriga yetkaza olmagan.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyat Boysun tuman sudi raisi J.Xudoyberdiyev raisligida ochiq sud majlisida koʻrib chiqilib, 2018 yil 15 maydagi hukmiga koʻra sudlanuvchi D.Samadovga nisbatan jazo tayinlashda uning chin koʻngildan pushaymonligini, oilaviy axvoli ogʻirligini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligini, jabrlanuvchining daʼvosi yoʻqligini, muqaddam sudlanmaganligini jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holat deb baxolab, Oʻzbekiston Reyespublikasi JK 25,97-moddasi 2-qismining “l” bandi bilan shu Kodeks 57-moddasini qoʻllab, mazkur modda sanksiyasida nazarda tutilganidan ham kamroq 7 (yetti) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sodir etilgan jinoyat yuzasidan boʻlib oʻtgan sud majlisida A.Saidov A.Samadova bilan qay tariqa tanishgani, u bilan bir necha marotaba jinsiy aloqada boʻlganligi soʻzlab berdi. Boʻlib oʻtgan voqealardan soʻng A.Saidov bilan A.Samadova unashtirilgan. Bebosh qiz niyatiga yetdi, u endi seviklisi bilan turmush quradi. Ammo akasining qamalishiga sabab boʻlgan singil baxtli boʻla olarmikan? Akasi ozodlikka chiqqach, qanday qilib koʻzlariga qaraydi? Kuyov-chi, u bu oilada hurmat topa oladimi? Bunisi bizga noʼmalum. Bilganimiz, oʻylamay tashlangan qadam bir inson umrining zavoliga sabab boʻldi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Singlisining or-nomusi uchun yetti yil ozodlikdan mahrum qilingan aka qismati