14:55 / 27.08.2018
4 551

Maktab direktorlari Singapur tajribasini oʻrgandilar

Maktab direktorlari Singapur tajribasini oʻrgandilar
Foto: “Inha.uz”
25 avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “EduCare” xalqaro konsalting kompaniyasi raisi janob Mayk Siruman umumtaʼlim maktablarining direktorlari, shuningdek, Toshkent shahridagi nodavlat taʼlim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda Inha universiteti matbuot xizmati xabar berdi.

Janob Mayk Siruman Singapurda taʼlim sohasidagi yetakchilardan biridir. U taʼlim sohasida tadqiqot, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, taʼlim loyihalarini va kasbiy malaka oshirishni rivojlantirish sohasida 20 yillik tajribaga ega. U taʼlim sohasiga doimiy ravishda qoʻshayotgan hissasi uchun eʼtirof etildi hamda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun rahbarligidagi “Taʼlim boʻyicha Global tashabbus”ning Texnik maslahat guruhiga taklif etildi.

Foto: “Inha.uz”
Mayk Siruman Nodavlat taʼlim muassasalari assotsiatsiyasi taklifiga binoan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.

Janob Siruman “XXI asrdagi taʼlim. Singapur tajribasi” mavzusidagi taqdimoti davomida umumiy taʼlim maktablari tomonidan eng yuqori koʻrsatkichlarga erishish uchun Singapur taʼlim sohasida amalga oshirilgan islohotlar toʻgʻrisida gapirib berdi. Singapur maktablarining muvaffaqiyatli tajribasi haqida gapirar ekan, janob Siruman sifatli taʼlim tizimini rivojlantirishda oʻqituvchilarning muhim rolini bir necha bor taʼkidladi. Singapur oʻqituvchi kasbining obroʻ-eʼtibori va maqomini oshirish, taʼlim sifatiga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan malakali oʻqituvchilar, shuningdek, universitetlarning eng yaxshi bitiruvchilarini jalb qilish maqsadida katta resurs va mablagʻlarni yoʻnaltiradi.

Koʻpgina xalqaro reyting koʻrsatkichlari boʻyicha Singapurning maktab oʻquvchilari, ayniqsa, matematika, oʻqish va tabiiy fanlardan eng yuqori oʻrinlarni egallaydi. Singapur iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi turmush darajasini yuksaltirish uchun taʼlim sohasidagi saʼy-harakatlarini oʻz eʼtiborini qaratib keladi.

Mayk Sirumanning tashrifi, ayniqsa, Oʻzbekiston taʼlim tizimida muhim burilish davri boʻlishi kutilayotgan yangi oʻquv yili arafasida amalga oshirilgani judayam muhimdir. Singapur tajribasi xatolardan qochib, ham oʻqituvchilarga, ham oʻquvchilarga rivojlantirish uchun XXI asrning samarali texnologiyalarga eʼtiborni qaratadi.

Tadbir Oʻzbekistondagi taʼlimni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshayotgan Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktab direktorlari Singapur tajribasini oʻrgandilar