09:57 / 28.08.2018
5 098

Prezident topshirigʻi: Endi mansabdor shaxslar yakshanba kuni ishga chiqmaydi

Prezident topshirigʻi: Endi mansabdor shaxslar yakshanba kuni ishga chiqmaydi
27 avgust kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Prezident devoni xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

“Kun.uz” maʼlumot berishicha, yigʻilishda bir qator tashkiliy masalalar koʻrilgan. Jumladan, yana bir bor majlisbozliklarga barham berish haqida gapirilgan.

Prezident majlislar vaqtini ham kamaytirish boʻyicha topshiriq bergan — majlislar vaqti 1,5 soatdan oshmasligi kerakligi belgilangan. Kunning noqulay paytlarida, tong saharlab yoki yarim kechada yigʻilishlar oʻtkazish qatʼiyan cheklanib, yigʻilishga bevosita aloqasi boʻlmagan korxonalar, idoralar va jamoat tashkilotlarining rahbar va xodimlarini, fermer va tadbirkorlar umuman taklif etilmaydi.

Shuningdek, mansabdor shaxslar endi shanba kuni soat 17:00gacha ishlab, yakshanba kuni ishga chiqmaydi.

Prezident davlat mansabdorlari yakshanba kunlarida dam olib, vaqtini oilasi bilan oʻtkazishi lozimligini aytib oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning bahorida davlat rahbari respublika darajasidagi rahbarlar uchun “favqulodda holat” eʼlon qilib, kuchaytirilgan tartibda ish olib borilishini aytgan edi. Shundan soʻng, davlat amaldorlari “24 soatlik rejim”da ishlay boshlashgandi.

Bundan oldinroq yigʻilish davomida prezident devoni tuzilmasida jiddiy oʻzgarishlar roʻy bergani, Xayriddin Sultonov va Qahramon Quronboyev davlat maslahatchisi lavozimini tark etgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident topshirigʻi: Endi mansabdor shaxslar yakshanba kuni ishga chiqmaydi